Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil nechta masjidda xatmi Qur’on o‘tkaziladi?
2.04.2021 10:34,  
223

Bu yil yurtimiz masjidlarida taroveh namozi o‘qiladi, 1370 dan ziyod masjidda xatmi Qur’on o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumki, 2020 yil koronavirus pandemiyasi sabab yurtimizdagi masjidlar faoliyati to‘xtab, xalqimiz kundalik besh vaqt namoz, juma, hayit va taroveh namozlarini jamoat ila ado etolmagan edi. 

Ta’kidlash joizki, yildan-yilga masjidlarimizda xatmi Qur’onlar ziyoda bo‘lib, tartib va o‘zgacha tarovatda o‘tmoqda. Misol uchun, 2019 yil 1220 masjidda, 2018 yil 1149 masjidda xatmi Qur’on o‘tkazilgan edi, deyiladi idora xabarida.

Avvalroq, masjidlarda Ramazon oyi va taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlangani haqida xabar berilgandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан