Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil OTMga test sinovlari muddati, fanlar soni o‘zgardimi? 
2.05.2020 14:10,  
1080

Bugun AOKA anjumanlar zalida ta’lim sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklar yuzasidan onlayn-brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat test markazi direktori Madjit Karimov muhim savol va murojaatlarga javob qaytardi.

— Bu yil OTMga test sinovlari muddatlari o‘zgardimi? 

— Yo‘q. Kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar hududida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilinadi.

— Bu yildan test sinovlari 5 ta fandan o‘tkazilishi e’lon qilingan edi, karantin munosabati bilan o‘zgartirishlar bormi?

— Test sinovlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda. 

Bu masalada qabul qilingan qarorlar tez kunlarda Davlat test markazining saytida va ommaviy axborot vositalarda ham e’lon qilinadi.

— Bu yili abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni qanday bo‘ladi? 

— Bu borada ushbu tartiblar ko‘rib chiqilmoqda:

- ro‘yxatga olishda kiritiladigan ma’lumotlarni kamaytirish;

- abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni Davlat xizmatlari markazlari; 

- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn rejimda amalga oshirish;

- abituriyentga uyidan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratish.

— Harbiy tavsiyanomalardan bu yil ham foydalansa bo‘ladimi?

— Tavsiyanomalar ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi. 

— Test topshiriqlari qanday soddalashtiriladi?

— Har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан