Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil O‘zbekiston yana yevrobond chiqarishi mumkin
30.06.2020 17:14,  
308

O‘zbekiston joriy yilning so‘nggiga qadar yana bir bor xalqaro qarz bozoriga chiqishi mumkin. Bu haqda Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isakov Bloomberg nashrga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar qiladi Forbes O‘zbekiston.

"Koronavirus tufayli qarz olishga bo‘lgan ehtiyojimiz oshmoqda", - dedi Isakov.

Unga ko‘ra, Moliya vazirligi bozorni nazorat qiladi va joylashtirishning maqsadga muvofiqligini baholaydi. Ehtimol, suveren yevrobondlarni joylashtirish kuzda yuz beradi. Qaror bozorga va yilning birinchi yarmida hukumat tomonidan byudjet taqchilligini ko‘rib chiqishga bog‘liq (dekabr oyida byudjet taqchilligi YaIMning 2,2% miqdorida baholandi).

Pandemiya tufayli O‘zbekistonda, boshqa sobiq sovet mamlakatlaridagi kabi, Rossiyadan mehnat migrantlari tomonidan yuboriladigan pul oqimi kamaydi. S&P Global Ratings ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda byudjet taqchilligi YaIMning 3,6% ni tashkil qilishi mumkin. Avvalroq, xalqaro reyting agentligi pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va tashqi qarzlarning o‘sishi tufayli O‘zbekistonning kredit reytingi prognozini "salbiy" ga o‘zgartirgan edi.

Byudjet ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, hukumat joriy yilda 500 million dollar ekvivalentida va kelgusi yilda ham xuddi shunday miqdordagi yevro obligatsiyalarni joylashtirishi mumkin, dedi Isakov. 

2019 yil fevral oyida O‘zbekiston umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng 5 va 10 yil muddatga birinchi yevro obligatsiyalarni joylashtirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан