Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil O‘zbekistonda 7 million tonnadan ortiq boshoqli don yetishtiriladi
3.06.2020 20:48,  
109
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “2020 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarni joylashtirish va boshoqli don yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 831-son qaroriga asosan respublika bo‘yicha jami 1 mln 263 ming gektarda boshoqli don ekinlari yetishtirilmoqda (shundan 1 mln 78 ming gektar sug‘oriladigan va 186 ming gektar lalmi maydonlarni tashkil etadi).

Sug‘oriladigan g‘alla maydonlarining gektaridan o‘rtacha 71 sentnerdan jami 7 million tonnadan ortiq boshoqli don yetishtirish rejalashtirilgan.

Joriy yilda kuzgi boshoqli don ekinlarini yetishtirishda Hukumat tomonidan 3,6 trln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga o‘z vaqtida yetkazib berildi.

2020 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida ekishga yer tayyorlash va ekish bo‘yicha kunlik grafiklar ishlab chiqildi. Shunga muvofiq, 150 tumanning 2006 ta hududlarida 35 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklarida g‘alla ekish belgilab olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан