Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil qariyb 1,5 million abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi
21.07.2020 09:02,  
129

2020-2021-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.

Ro‘yxatga olish 20 iyundan 20 iyulga qadar barcha hududlarda DTMning rasmiy veb-sayti va Yagona portal orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa DXMlar orqali amalga oshirildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi. Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

- Kunduzgi ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
- Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
- Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).

Tillar kesimida:

- O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
- Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
- Qoraqalpoq tili – 44 279  nafar (2,98 %);
- Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан