Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil «Yangi O‘zbekiston» universiteti ochiladi
21.05.2021 17:43,  
220

Avvalroq, «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivaliga start berilgani haqida xabar bergan edik.

Festival doirasida Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda hukumat vakili joriy yil yangi oliy ta’lim muassasalari ochilishi haqida aytib o‘tdi — deya ma’lum qilmoqda ’Xalq so‘zi’.

«Endilikda qariyb 25 foiz maktab bitiruvchilari talaba bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish uchun ta’lim muassasalari soni 5 yil ichida qariyb 60 tadan 130 taga yetib qoldi. 

Bundan tashqari, chet elning nufuzli OTMning  filiallari tashkil qilinyapti. Bularning hammasi yoshlarimiz yaxshi bilim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Bu yildan boshlab 2021 yil 1 sentyabrgacha barcha hududlarda «Prezident maktablari» faoliyat boshlaydi. Ularga saralash shaffof bo‘ladi. Bunday maktablarda yoshlar Angliyaning Kembrij ta’lim tizimi asosida o‘qitiladi.  

Shuningdek, Yangi O‘zbekiston universitetini  ochish yuzasidan ishlar olib borilmoqda», dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан