Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun 40 kishi koronavirusdan xalos bo‘ldi
23.05.2020 22:59,  
132

Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (4 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari Uychi tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 80 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichiga 14 yoshda. Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar 233 nafar bo‘lsa, endilikda ular 240 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 9 nafarni tashkil etmoqda. 

Shunday qilib, bugun 40 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2532 nafarga yetdi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 3089 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, mamlakatimizning 7 ta hududida jami 544 nafar bemor davolanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан