Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun 5 ta hududdan tashqari barcha viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin
20.03.2021 08:43,  
1275

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun kun davomida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Havoning o‘zgarib turishi kutilmoqda, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 12-14° iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 0-5° iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан