Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun 567 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 4 bemor vafot etdi
21.07.2020 23:51,  
547

Shu yilning 21 iyul kuni mamlakatimizda 567 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida hamda uy sharoitida 58 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 17 881 nafar bemordan 9 521 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 265 nafar bemordan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 62 513 nafar, statsionar karantinda esa 23 754 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан