Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun 8 ta viloyatda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi
7.05.2021 08:18,  
384

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun, 7 mayda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30° atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-28° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20° bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан