Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun Buxoro va Toshkentda aholi orasidan 8 kishida koronavirus aniqlandi
2.06.2020 23:14,  
590

2020 yil 2 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3760 (+10) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Karantin markazidagi (Qozog‘iston Respublikasi orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 2908 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (77 foizi) sog‘aydi. 
 
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 837 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 58 nafar bemorning 40 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 10 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 4 nafari Toshkent shahrida va yana 4 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Bugun 49 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 7 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi. Navoiy viloyatida bir yo‘la 42 nafar bemor tuzaldi va jami sog‘ayganlar 54 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar 110 nafarni tashkil etmoqda. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3760 nafar bemordan 2908 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 837 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан