Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun havo harorati iliq bo‘lishi bilan birga, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi
5.02.2022 08:33,  
61

"O‘zgidromet"ning xabar berishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati ko‘tariladi va 12-17° iliqni, ba’zi joylarda 19° iliqgachani tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан