Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan DTM rasmiy munosabat bildirdi
5.08.2021 15:08,  
264

1. Matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 1173366 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, Buxoro viloyatidagi «GMK» o‘quv markazi tomonidan 2021 yil 1 may kuni 13288 raqam bilan buyurtma qilingan va 5 may kuni test materiallari o‘quv-markaziga yetkazilgan. Mazkur test topshiriqlari kitobi 5 avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarinig bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

 

2. Matematika va biologiya fanlaridan test topshiriqlari aks etgan lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitoblari diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari kitoblari 5 avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarinig bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishlatilmagan.

 

3. Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7016128 raqamli test topshiriqlari kitobi 2020 yilda o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

 

4. Biologiya fanidan test topshiriqlari aks etgan 1122414 raqamli test topshiriqlari kitobi bugun Namangan viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан