Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonning qaysi hududlarida yomg‘ir yog‘adi?
4.04.2021 08:36,  
578

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 4 aprelda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududidan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol 17-22 m/s gacha esishi mumkin. Havo harorati 11-16° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 12-17° iliqqacha isiydi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Tog‘ oldi tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан