Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekiston bo‘ylab 100 ga yaqin bemor koronavirusdan tuzaldi
8.05.2020 17:15,  
561

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Samarqand viloyatida 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafardan Samarqand shahri va Toyloq tumanidan, 2 nafardan Oqdaryo va Payariq tumanidan, Pastdarg‘om, Narpay va Samarqand tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 10 nafari erkak, 7 nafari ayol, yoshi kattasi 52 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 5 nafar, Toshkent shahar 3-sonli tug‘ruq kompleksida 4 nafar hamda Samarqand viloyatida yana 1 nafar, jami 10 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 1 nafari ayol. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahridan 1 nafardan. Ularning 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

3-sonli tug‘ruq majmuasida sog‘aygan ayollarning 2 nafari poytaxtimizdan, 2 nafari esa Toshkent viloyatidan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 37 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 24 yoshda.

Shuningdek, Samarqand viloyatida tuzalgan yana 1 nafar 55 yoshli ayol Toyloq tumanidan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Shunday qilib, bugun 92 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1748 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2324 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 566 nafar bemor davolanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан