Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari kuch sinashadi
14.11.2019 11:40,  
351

Qatarda 2022 yili o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga saralash bosqichi 5-tur doirasida bugun soat 17:00 da Toshkentning "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashadi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi D guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. O‘tkazilgan uch o‘yindan so‘ng mamlakatimiz vakillari 2 yutuq, 1 mag‘lubiyat, 8-3 to‘plar nisbati bilan 6 ochko jamg‘arishgan. Saudiya Arabistoni esa 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro 10 marta maydonga tushishgan. Shundan 4 martasida vakillarimiz, 5 martasida saudiyaliklar g‘alaba qozongan. 1 marta jamoalar durangga rozi bo‘lishgan. To‘plar nisbati bo‘yicha Saudiya Arabistoni oldinda: 13-21.

O‘zbekiston MTJ ilk marta Saudiya Arabistoni bilan 1994 yili Yaponiyaning Xirosima shahrida maydonga tushgan. O‘shanda vakillarimiz raqiblarni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Gollarni Lebedev, Qosimov va Shkvirin urgan.

So‘nggi o‘yin esa 2015 yili Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tkazilgan. Unda Sardor Rashidovning ikkita va Vohid Shodiyevning 1 goli hisobiga milliy terma jamoamiz 3:1 hisobida g‘alabaga erishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан