Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda 179 kishidan koronavirus aniqlandi
19.06.2020 23:17,  
664

2020 yil 19 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5946 (+26) nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari esa Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 4273 (+74) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.
 
Bugun mamlakatimizda 179 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 146 nafari Karantin muassasalarida, 29 nafari aholi orasida (shundan 24 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 4 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5946 nafar bemordan 4273 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1654 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 33 601 nafar, statsionar karantinda esa 22 875 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан