Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda 189 kishida koronavirus aniqlandi
17.06.2020 23:45,  
566

2020 yil 17 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5682 (+44) nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 7 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 5 nafari aholi orasida), 5 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun mamlakatimizda 189 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 169 nafari Karantin muassasalarida, 13 nafari aholi orasida (shundan 5 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Buxoro viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Surxondaryo viloyatida), qolgan 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 
 
Avval xabar qilganimizdek, bugun 35 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 31 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5682 nafar bemordan 4131 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1532 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda.
 
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 28 636 nafar, statsionar karantinda esa 22 055 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан