Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda 64 kishidan koronavirus aniqlandi
19.05.2020 23:03,  
900

2020 yil 19 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2855 (+30) nafarni tashkil qilmoqda.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 24 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan shaxslar orasidan qayd etildi (ularning 19 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 5 nafari 15 may kuni Qozog‘istondan kelgan). 

Ayni paytda yurtimizda 2338 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Mamlakatimizning 9  xududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 504 nafar bemor davolanmoqda. 

Hozirda davolanayotgan bemorlar soni ko‘pligi bo‘yicha Samarqand viloyati (105 nafar bemor bilan) yetakchi o‘rinlarda turibdi. Ayni paytda mamlakatimizda umumiy davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан