Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda 77 kishidan koronavirus aniqlandi
31.05.2020 23:14,  
732

2020 yil 31 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3623 (+40) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Navoiy viloyatidagi karantin  muassasalarida, 2 nafari Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan karantindagi fuqarolar orasida tasdiqlandi. 

Ayni paytda yurtimizda 2837  (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 771 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

 Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 77  holatning 38 nafari Navoiy viloyatidagi karantin muassasalarida tibbiy kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan tasdiqlandi. Shuningdek, 34 nafari karantin muassasalarida, 4 nafari (Buxoro viloyatida 3, Toshkent shahri 1) aholi orasidan va 1 nafari  xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi.

Kun davomida 54 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3623 nafar bemordan 2837 nafari sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 771 nafar bemor yurtimizning 7 xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 41 618 nafar fuqaro karantinga olinib, ularning 36 913 nafari karantindan chiqarilgan. 

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 25 862 nafar, statsionar karantinda esa  21 143 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан