Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni tuzalganlardan ortib ketdi
13.05.2020 20:53,  
1581

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, ayni soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, jami 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shunday qilib, bugun 36 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2076 nafarni tashkil etmoqda.

Lekin, Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun soat 10:00 holatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 kishiga, 18:00 holatiga ko‘ra esa, yana 28 kishiga ortganini ma’lum qilgan edi.

Jami kun davomida 49 kishida koronavirus aniqlandi, bundan tashqari Samarqandda yana bir bemor vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2596 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 509 nafar bemor davolanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан