Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni rekordga yetdi
27.07.2020 23:55,  
894

Bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 569 nafari sog‘aydi

Jumladan, 337 nafari Toshkent shahridagi 20 ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir. 75 nafari Toshkent viloyatida, 53 nafari Qashqadaryoda, 32 nafari Andijonda, 22 nafari Namanganda va yana 22 nafari Sirdaryoda, 15 nafari Farg‘onada, 13 nafari Jizzaxda kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija shu yilning 25 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 359 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан