Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda mingdan ortiq bemor koronavirusdan tuzaldi – SSV
12.08.2020 17:21,  
427

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2020 yil 12 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 465 (+250) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 109 nafari Toshkent viloyatida, 108 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. (erkak) hamda Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar mamlakatimizning 6 hududida jami 1 016 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayganlar soni 25 106 (+1 016) nafarni tashkil etmoqda. 

Yurtimizda “COVID-19”dan sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 77 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 7 149 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан