Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
8.02.2021 09:20,  
561

Gidrometerologiya xizmatining xabar berishicha, bugun, 8 fevral kunduz kuni O‘zbekistonda yilning shu davri uchun nam va deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 10-12° iliqgacha isiydi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol biroz 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан