Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda rekord darajada bemorlar tuzaldi
8.05.2020 19:24,  
1082

Ayni soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 6 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Toshkent shahrida to‘liq sog‘ayganlar 548 nafarga, Surxondaryo viloyatida esa 35 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun jami 119 nafar bemor tuzalib, yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlar sog‘ayishni boshlagan kundan buyon o‘tgan vaqt ichida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1775 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 2324 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 539 nafar bemor davolanmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан