Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
1.04.2021 08:41,  
133

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq, shimolda 10-15° iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7° iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан