Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib keladi. Ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi
30.04.2021 08:12,  
651

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° ni tashkil etadi. 

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 26-28° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi. 
  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан