Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonning 4 ta hududidan tashqari barcha joylarida qor yog‘ishda davom etadi
14.03.2021 08:29,  
1617

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun, 14 martda kunduz kuni O‘zbekistonda qishning ta’siri yana seziladi. Respublika hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Farg‘ona vodiysida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliqgacha, shimolda 2-7° sovuqgacha pasayadi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° iliqdan oshmaydi.

Respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 3-8° sovuq bo‘ladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан