Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonning 6 ta viloyatida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi
21.04.2021 08:53,  
554

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun, 21 aprelda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan va Qozog‘istonning janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi davom etadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda g‘arbiy shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан