Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
6.05.2021 08:42,  
218

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, bugun, 6 mayda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Ba’zi joylarda shimol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° gacha pasayadi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shimol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-19° bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан