Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun senator etib tayinlangan Narimon Umarov Senat qo‘mitasi raisi ham bo‘ldi
21.10.2020 11:18,  
302

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qo‘mita raisligiga senator Nariman Madjitovich Umarov nomzodi taklif etildi.

N.Umarov salohiyatli, tajribali, mulohazali, mehnatsevar va talabchan inson. U Hukumat idoralari, jamoat tashkilotlari va siyosiy tashkilotlar, jumladan, parlamentdagi ko‘p yillik samarali faoliyati bilan xalqimiz va jamoatchilik orasida yetarlicha obro‘-e’tibor qozongan.

Majlisda senatorlar Nariman Madjitovich Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qildilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан