Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
30.08.2019 11:31,  
24

30 avgust kuni Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi maydoni - Suzuk ota majmuasi - Hazrati Imom majmuasi – Xalqlar do‘stligi maydoni yo‘nalishi bo‘ylab «Tungi velosayr» festivali o‘tkaziladi.

Ushbu festival munosabati bilan 30 avgust kuni soat 22:00dan 00:00gacha shahrimizdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Demak, vaqtincha yopiladigan ko‘chalar:

— Xalqlar do‘stligi maydonidan Qoratosh ko‘chasi orqali Suzuk ota majmuasigacha;

— Suzuk ota majmuasidan Ko‘kcha darvoza, Nurafshon ko‘chalari bo‘ylab, Qorasaroy ko‘chasi orqali Hazrati Imom majmuasigacha;

— Hazrati Imom majmuasidan Qorasaroy ko‘chasi, A.Qodiriy ko‘chasi, Abay ko‘chasi bo‘ylab, Olmazor va Islom Karimov ko‘chasi orqali Xalqlar do‘stligi maydonigacha.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан