Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun yana 79 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi – Jami tuzalganlar 1200 kishidan oshdi
1.05.2020 20:57,  
188

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, shu soatlarda bir yo‘la to‘rtta viloyatda: Xorazmda 14 nafar, Farg‘onada 12 nafar, Andijonda 3 nafar hamda Samarqandda 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda to‘liq sog‘ayganlar Xorazmda 135 nafarga, Farg‘onada 73 nafarga, Samarqandda 22 nafar hamda Andijonda 109 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 79 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1212 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2075 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 854 nafar bemor davolanmoqda. 9 nafar bemor vafot etdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан