Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun yilning oxirgi ish kuni! Ertadan barcha 5 kunlik dam olishga chiqadi
30.12.2021 10:25,  
85

Prezidentning tegishli farmonlariga ko‘ra, Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvarga qadar) dam olishadi.

Demak, bugun 2021 yilning eng so‘nggi ish kuni.

Ertadan boshlab barcha xodimlar 5 kunlik dam olishga chiqadi:

31 dekabr — juma ish haftasidan qat’i nazar qo‘shimcha dam olish kuni (asos: PF-6122-son, 03.12.2020 y.);

1 yanvar — shanba Yangi yil bayrami, ya’ni ishlanmaydigan kun;

2 yanvar — yakshanba barcha uchun dam olish kuni;

3 yanvar — dushanba ish haftasidan qat’i nazar qo‘shimcha dam olish kuni (asos: PF–35-son, 20.12.2021 y.);

4 yanvar — seshanba haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 8 yanvar - shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni (asos: PF–35-son, 20.12.2021 y.).

Izoh: 8 yanvar - shanba kuni 5 kunliklar uchun ham, 6 kunliklar uchun ham ish kuni bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан