Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun Yunusobod tumanidagi O‘zbekiston sport majmuasida futzal bo‘yicha BMB Kubogi musobaqasining finali bo‘lib o‘tdi (foto)
23.09.2021 20:27,  
59

Bugun Yunusobod tumanidagi O‘zbekiston sport majmuasida futzal bo‘yicha BMB Kubogi musobaqasining finali bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan ushbu turnir tom ma’noda do‘stlik va hamkorlik ramziga aylandi. Ushbu muhitni unda ishtirok etgan 32 ta jamoaning har bir a’zosi yaratdi va his etdi.

O‘z navbatida har bir o‘yin futzal qadriyatlariga uyg‘un ravishda g‘alaba ishtiyoqi, gollar zavqi, kuchli hayajon, to‘p uchun murosasiz kurash, sog‘lom raqobat va albatta o‘zaro hurmat hamda halollik ruhida kechdi.

Muhimi turnirda ishtirok etgan vazirliklar, davlat tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari, moliya muassasalari va kompaniyalar uchta ezgu maqsad yo‘lida birlashdi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish va jamoalar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash - BMB Kubogining pirovard yo‘nalishlari shularni o‘z ichiga oladi.

Musobaqaning har bir ishtirokchisi - tashkilotchilardan tortib futbolchi-yu hakamlargacha, muxlislardan tortib hatto zaxira o‘yinchlarigacha turnirning har bir daqiqasida ana shu omillarga chin yurakdan rioya etishdi.

Finalda SORF jamoasi Suzane wallpapers ustidan 1-0 hisobi bilan zafar quchib, BMBning 1-kubogi sohibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Tantanali yopilish marosimida so‘zga chiqqanlar g‘olib va sovrindorlarni qutlab, ularga pul va boshqa qimmatbaho mukofotlarni topshirishdi. O‘z navbatida turnirning barcha ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirib, BMB Kubogi an’anasi davom ettirilishini ta’kidlashdi.

Jamoalar ham tashkilotchilarga yuqori saviya va baland ruhda o‘tkazilgan musobaqa uchun tashakkur aytishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан