Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun Yunusobod tumanining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
10.05.2021 08:54,  
92

Toshkentdagi Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 10 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Yerosti gaz quvurlari xizmati» va «Yunusobodtumangaz» ta’minoti bo‘limi tomonidan Tashkent City hududiga qadar yangi qurilgan D-400 mm o‘rta bosim gaz quvurini mavjud o‘rta bosim D-729 mm yerosti gaz quvuriga ulash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu sababli quyidagi hududlarda iste’molchilarga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

  • Yunusobod tumani 2-mavze – 38ta ko‘p qavatli uy, 2300 xonadon;
  • 3-mavze – 21ta ko‘p qavatli uy, 1260 xonadon;
  • 4-mavze – 85ta ko‘p qavtli uy, 7000 ta xonadon;
  • 5–6–7-mavzelar – 105ta ko‘p qavatli uy, 6300 xonadon;
  • 8-mavze – 50ta ko‘p qavatli uy, 3000 xonadon;
  • 9-mavze – 28ta ko‘p qavatli uy, 1500 xonadon;
  • 10-mavze – 25ta ko‘p qavatli uy, 1300 xonadon;
  • 11-mavze – 59ta ko‘p qavatli uy, 3000 xonadon;
  • 12-mavze – 32ta ko‘p qavatli uy, 1920 xonadon;
  • 13–14–15-mavzelar – 69ta ko‘p qavatli uy, 4150 xonadon;
  • «Kulolqo‘rg‘on», «Shodlik», «G‘ayratiy», «Shahriston», «Moyqo‘rg‘on», «Anorzor» mahallalaridagi 5 ming xonadon.

Shuningdek, «Shahriston», «Anorzor» mahallasidagi 2ta, Amir Temur ko‘chasidagi 8ta, Ahmad Donish ko‘chasidagi 2ta, Chimkent yo‘li ko‘chasidagi 3ta ulgurji iste’molchi hamda 4–6–8–9–11–12–13–14-mavzelardagi 15ta ulgurji istemolchi yuqorida ko‘rsatilgan vaqt davomida gaz ta’minotidan uziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан