Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugundan boshlab O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun davlat tilini bilish shart bo‘ladi
15.09.2020 12:40,  
257

Bugun, 15 sentyabrdan boshlab «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qonun 2020 yil 13 mart kuni imzolangan va oradan 6 oy o‘tgach kuchga kirishi belgilangan edi.

Qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishning quyidagi turlari mavjud:
- umumiy tartib;
- soddalashtirilgan tartib;
- alohida tartib.

Mazkur qonunda avvalgisidan farqli o‘laroq «vatandosh» degan tushuncha kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanadi. 

Shuningdek, qonun bilan O‘zbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida ariza topshirgan shaxsning davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishi ham kiritilgan.

Bundan tashqari qonunda O‘zbekiston fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish, fuqarolikni tiklash va tugatish, fuqarolikdan chiqish hamda fuqarolikni yo‘qotish asoslari ham belgilab qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан