Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugundan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi
11.09.2020 16:00,  
239

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qozog‘iston aviatsiya ma’muriyati bilan xalqaro muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini tiklash bo‘yicha olib borgan muzokaralar yakuniga ko‘ra «Uzbekistan Airways» va «Air Astana» aviakompaniyalariga sentyabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent–Olma ota–Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni bajarishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftaning juma kunlari amalga oshiriladi. Bugundan e’tiboran «Uzbekistan Airways» va «Air Astana» aviakompaniyalari ushbu yo‘nalishda parvozlarni bajarishni boshladi.

«Air Astana» aviakompaniyasining Olma ota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishida parvozni amalga oshirgan samolyot bugun soat 12:40 da Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан