Bugundan Toshkent shahrida o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlaydigan maktablar ma’lum qilindi

Bugundan Toshkent shahrida o‘quv yilini an’anaviy tarzda boshlaydigan maktablar ma’lum qilindi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilarni koronavirus ko‘rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 2020 yil 14 sentyabrdan boshlab quyidagi ta’lim muassasalar an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

  • 1. Bektemir tumanidagi 289-sonli maktab.
  • 2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.
  • 3. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 49, 50, 64, 121, 208, 209, 210, 221, 223, 241-sonli maktablar hamda FFIDUM.
  • 4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.
  • 5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 76, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.
  • 6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.
  • 7. Chilonzor tumanidagi 66, 184, 200, 280-sonli maktablar.
  • 8. Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 40, 41, 34a, 59, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 262, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.
  • 9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 58, 63, 70, 80, 96, 98, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.
  • 10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.
  • 11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.

"Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

Online-maktab'ning boshlanish sanasi, uzatiladigan telekanallar va tarmoqlar ma’lum qilindi

Fursatdan foydalanib, ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondashishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz" - deyiladi boshqarma xabarida.