Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugundan Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv bo‘lmaydi
5.10.2020 11:25,  
419

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan, 14 sentyabrdan boshlab poytaxtimizdagi Issiqlik markazlari va ularning yo‘nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan hududlardagi issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar kuzatiladi.

Xususan, 5-9 oktyabr kunlari 1 va 5-Issiqlik markazlarining ta’minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi.

1-Issiqlik markazining ta’minot yo‘nalishidagi:

  • Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-tor ko‘chasi, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Ozodlik ko‘chalarida;
  • Yalang‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1 dahalarida;
  • ToshGRES shaharchasida;
  • Hamid Olimjon maydonida;
  • Toshkent Davlat Agrar Universiteti hududida.

5- Issiqlik markazining ta’minot yo‘nalishidagi:

  • Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Do‘mbirobod 4-tor ko‘chasi, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 1, 2-tor ko‘chalari, Katta Xirmontepa, Nurafshon, Seul, Gulxaniy, Bog‘iston, Samarqand Darvoza, Taqachi, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko‘chalarida;
  • Chilonzor 5-26, 30, 31, G9A, 20A, S, Do‘mbirobod, Oqtepa, Al-Xorazmiy 1,2, Sharq, Izza, Guliston, Beshqayrag‘och dahalarida;
  • O‘rikzor bozori hududida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан