Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bugungi jirkanch voqea aslo shashtingizni so‘ndirmasin!» – Saida Mirziyoyeva hamda Komil Allamjonov qat’iy munosabat bildirishdi
8.08.2021 08:27,  
4724

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov hamda fond Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Qalampir.uz jurnalistiga uyushtirilgan tuhmatga o‘z munosabatlarini bildirishdi.

«Jurnalistlarga bosim o‘tkazishning eng jirkanch usullaridan biri internet tarmog‘ida uyushtirilgan tazyiq bo‘lib qolmoqda. Odatda bunday usuldan nojoiz yoki noqonuniy ishlari jurnalistik surishtiruvga tushganlar foydalanadi.

Buning yo‘li oddiy: yolg‘on qanchalik dahshatli bo‘lsa, unga ishonish shunchalik oson. Tarmoqqa qing‘ir feyk joylanib, yolg‘onning to‘laqonli targ‘iboti boshlanadi. Maqsad – jurnalistlarni qo‘rqitib, ularni xizmat vazifalarini bajarishdan bosh tortishga majbur qilish.

Qalampir.uz internet-OAV bosh muharriri o‘rinbosari Feruza Najmiddinova ham shu muammoga duch keldi.

Anonim akkauntlardan past sifatdagi iflos video tarqatildi. Undagi ayol Feruza Najmiddinova deya da’vo qilinmoqda.

Tarmoqlarda bu yolg‘on ilib ketilib, tarqatib yuborildi, natijada jurnalistga ma’naviy ziyon yetkazildi. Shu munosabat bilan yana bir bor barcha OAV vakillariga murojaat qilmoqchiman: «Birovlarning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib, manipulyasiya ob’yektiga aylanmang, ma’lumotni tekshiring». Aksariyat hollarda jurnalist nomini obro‘sizlantirishning asosiy sababi oddiy – qasos bo‘ladi. Jurnalistni yomonotliq qilishdan kim manfaatdorligini o‘ylab ko‘ring.

Butun jahonda bunday iflos usullardan foydalaniladi, hamma joyda OAVga qarshi fitna va ig‘volar bo‘ladi va bizning yurtimiz bundan mustasno emas.

Hamkasblar, agar sizning ovozingizni o‘chirishga, nomingizni chaplashga yoki tuhmatga qoldirishga urinishayotgan bo‘lsa, demak, Siz to‘g‘ri yo‘ldasiz, kimgadir qattiq tegib ketgan haqiqatni yozyapsiz.

Mass-media fondi bunday holatlarga jim qarab turmaydi – biz har bir professionalning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilamiz.

Pastkash insonlar doim bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. Ammo biz ulardan cho‘chimasligimiz kerak.

Feruza, biz Siz tomondamiz!», deb yozdi Komil Allamjonov.

«Bugungi jirkanch voqea aslo shashtingizni so‘ndirmasin! Shantaj, bo‘htonlar sizni sindirib qo‘ymasin! Men siz bilanman!», degan izoh bilan videomurojaat joyladi Saida Mirziyoyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан