Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugunning o‘zida 111 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi – O‘zbekiston
23.04.2020 20:21,  
522

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun ham poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 8 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafari Farg‘ona viloyatidan. Ulardan 1 nafari BAAning Dubay shahridan kelgan. Qolgan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 2 nafari erkak, 6 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

Shuningdek, Buxoro viloyatida yana 58 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. E’tiborli jihati, Buxoro viloyatida bugunning o‘zida 95 nafar bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, so‘nggi uch kun davomida: birinchi kun 96, ikkinchi kun 93, bugun esa 111 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 561 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasiga chalinganlar umumiy soni 1735 nafarni tashkil etmoqda, ularning 7 nafari vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан