Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugunning o‘zida koronavirusdan sog‘aygan bemorlar 36 nafarga yetdi – O‘zbekiston SSV
20.04.2020 17:14,  
433

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 21 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 13 nafari charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelishgan bo‘lib, “Botanika” sanatoriysi hamda O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanishni boshlashgan. Qolgan 8 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir.

Ulardan 13 nafari poytaxtimizdan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shu paytga qadar 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 32 nafarga yetdi.

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 36 nafarga yetib, jami 261 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан