Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bukmekerlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda
14.09.2021 16:43,  
66

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan bukmekerlik faoliyatini qonun jihatdan tartibga solish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqish taklif etilmoqda.

Mazkur qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonunlariga, xususan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Soliq kodeksi va boshqa qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish mexanizmlari, litsenziya berish tartib-taomillari, bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishdagi cheklovlar, bukmekerlik sohasi ustidan davlat nazorati, qimor va garov o‘yinlarida ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar uchun qo‘yiladigan talablar, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarni qimor va garov o‘yinlari (betting)dan himoya qilish masalalari  hamda bukmekerlik faoliyati qoidalarini buzganlik, kelishilgan o‘yinlar o‘tkazish va ularda qatnashish uchun javobgarlikni belgilashga oid normalarni aks ettirish maqsad qilingan.

Deputat Doniyor G‘aniyevning yozishicha, kecha O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida ham ushbu masala muhokama qilingan. 

Deputat qonun loyihasida faqatgina mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan Respublika hududida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish hamda bukmekerlik xizmatini ko‘rsatuvchi barcha norezident kompaniyalariga O‘zbekiston bank tizimidan to‘lovlar amalga oshirilishini taqiqlashni taklif qilgan. 

Shuningdek, bukmekerlik faoliyati reklamasi va targ‘ibotiga ruxsat bermaslik, jismoniy shaxslarga qimor o‘yinlarida o‘ynashi ruxsat etiladigan pul miqdorlarining maksimum chegarasini belgilash kabi normalarni ham aks ettirish taklifini ilgari surgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан