«Qat’iy ta’kidlaymizki, ‘Vaqf’ xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan mehr-muruvvat tadbirlari biror-bir sana yoki ijtimoiy bayramlarga aloqasi ham, Qorboboni taklif etishda fondning o‘rni ham yo‘q.

Joylardagi tadbirlarning shakli va mazmuni hududlardagi tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan bo‘lib, bunday farosatsizlikka yo‘l qo‘ygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab bo‘lmaydi. Xususan, mana shu holatga sababchi bo‘lgan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi vakillari uzr so‘rashlari kerak.

Shunday ekan, tarqatilgan suratlardagi Qorbobolarning «Vaqf» xayriya jamoat fondiga hech qanaqa aloqasi yo‘q. Bu holat uchun fond va uning xodimlarini obro‘sizlantirish haqorat va adolatsizlikdir. Har qanday to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotni istalgan vaqtda fondning o‘zidan olish mumkinligini yana bir bor ta’kidlaymiz», – deyiladi «Vaqf» fondining axborot xizmati bayonotida.