Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buni o‘qib “shok” bo‘lish mumkin. Saxo bank 2020 yilning “shok qiluvchi prognozlari”ni e’lon qildi
4.12.2019 08:55,  
10228

Daniyaning “Saxo bank group” investitsiya banki 2020 yil uchun “shok qiluvchi prognozlari”ni e’lon qildi. Bank o‘z prognozlarini “ehtimoli kam bo‘lgan, biroq yuz bersa daxshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan” voqealar deb atadi. Ular haqiqiy bozor prognozlarini aks ettirmaydi.

Quyida shunday prognozlardan bir nechtasini keltiramiz:

Sun’iy intellektning uchinchi qishi keladi

Kelajakda uzoq vaqt davomida sun’iy intellektga nisbatan qiziqishning pasayishi hamda uning moliyaviy manbalari qisqarishi kutilmoqda. Oxirgi o‘n yil ichida texnologik korporatsiyalar, jumladan mikrochip ishlab chiqaruvchilar texnologik tadqiqotlar va ishlanmalarga bir necha milliardlab dollar pul sarfladilar. Ammo xarajatlarning o‘sishi bilan kompaniyaning foydasi oshmayapti.

Xarajatlar va natijalar o‘rtasidagi muvozanatni faqatgina Facebook, Google, Microsoft kabi yirik kompaniyalar saqlab qola oladilar va natijada venchur kapitalning sun’iy intellektga kirishi pasayadi.

Neft muqobil energiya manbalaridan ustun keladi

2020 yilga kelib qayta tiklanadigan energetika eng kam daromad keltiradi. Neft va gaz sanoatining rentabelligi esa o‘sib boradi. AQShda slanets neft qazib olish foyda keltirmaydi, OPEK ham, o‘z navbatida, slanets neft qazib olish hajmi kamaytirilishini e’lon qiladi.

Bu vaqtda Osiyoda neftga bo‘lgan talab oshayotgan bo‘ladi. Taklifning kamayishi va talabning ko‘payishi Brent markadagi neft narxining barreliga $90dan oshishini ta’minlaydi.

Blokcheyn texnologiyasiga asoslangan Osiyoning zaxira valyutasi xalqaro savdoda dollarni siqib chiqaradi

Osiyo infratuzilma investitsiya banki yangi zaxira aktivi “Osiyo jalb qilish huquqi” (Asian Drawing Right, ADR)ni emissiya qiladi. U blokcheyn texnologiyasida ishlaydi, bir ADR ikki dollarga teng bo‘ladi. Avval mahalliy iqtisodiyotlar, keyin Rossiya va OPEK mamlakatlari ADR'da savdo qilishga o‘tadi, bu yesa AQShga pul oqimini kamaytiradi. Dollar bir necha oy ichida ADR'ga nisbatan 20%ga, oltinga nisbatan 30%ga qadrsizlashadi.

Vengriya Yevropa Ittifoqidan chiqadi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tomonidan OAV, inson huquqlari himoyachilari, sudyalar va olimlarga qo‘yilayotgan cheklovlar tufayli Budapeshtning Bryussel bilan munosabatlari sovuqlashadi.

Mamlakat kamroq iqtisodiy yordam ola boshlaydi, Yevropa kompaniyalari Vengriyaga nisbatan investitsiya rejalarini qayta ko‘rib chiqadi. Va bu harakatlar Vengriyani Buyuk Britaniyadan keyin Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishga majbur qiladi.

Apple avtomobil bozoriga kiradi. U Tesla'ga egalik qiladi

Apple faqatgina iPhone'lari bilan kapitalizatsiyasini oshirolmasligini tushunadi va hozir ko‘proq raqamli formatga o‘tib borayotgan avtomobil bozoriga kirib boradi. Apple bu bozordagi innovatorlardan biri Tesla'ga sarmoya kiritadi.

Apple kompaniyasi Tesla asoschisining barcha qimmat g‘oyalarini amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega va bu birlashgan kompaniyaning ko‘p yillar davomida avtomobilsozlik sohasida o‘z hukmronligini saqlab qolishiga olib keladi.

Germaniya iqtisodiyoti retsessiyaga yuz tutadi

So‘nggi yillarda Germaniya avtomobilsozlikning o‘sishi elektr transport vositalariga qiziqishning ortishi va yangi texnologiyalarni joriy etish sharoitida sekinlashdi.

Avtomobilsozlik iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan Germaniya hozirgi tendensiyalardan orqada qolmoqda: endi mamlakat o‘zining asosiy quvvatlarini elektr avtomobillari bozoriga o‘tkazish haqida o‘ylay boshladi.

Atmosferani ifloslantiruvchi moddalarni iste’mol qilishning kamayish tendensiyasi fonida, yalpi ichki mahsulotning 14 foizini ta’minlaydigan Germaniya avtomobil bozori 2019 yilda o‘smaydi va butun iqtisodiyot 2020 yilning uchinchi choragida retsessiyaga kirishadi.

Butun dunyo bo‘ylab transport solig‘i joriy qilinadi. Narxlar o‘sadi

Iqlimning shiddat bilan o‘zgarishi va global iqlim isish xavfi tufayli xalqaro hamjamiyat 1944 yil Chikago konvensiyasiga binoan o‘rnatilgan xalqaro aviatsiya va yuk tashish soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi.

Atmosferaga zararli gazlar yemissiyasi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan AQSh va Xitoy bunga rozi bo‘lishadi. Dunyo bo‘ylab transport soliqlari joriy etiladi - har bir tonna karbonat angidrid uchun 50 dollar (ilgari taklif qilinganidan ancha yuqori). Shu sababli aviachiptalar va dengiz transportida chiptalar narxi oshadi va bu o‘z navbatida tovarlar narxidagi transport tarkibiy qismining o‘sishiga va ularning narxining oshishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан