So‘ngi kunlarda arab mamlakatlari uchun noodatiy bo‘lgan qor yog‘ishi, suv toshqini hamda chaqmoqlar kuzatilmoqda.


Novaya Epoxa nashrining yozishicha, BAAning yirik shaharlaridan biri Dubaydagi Burj Halifa va Burj al-Arab mehmonxonalarining cho‘qqisiga bir necha marotaba chaqmoq urgan.
Ma’lumot uchun, 130 qavatdan iborat Burj Halifa binosi 2010 yilda ochilgan. Uning balandligi 828 metr bo‘lib, dunyodagi eng baland bino hisoblanadi.


