Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Butun hokimiyat fir’avn qo‘lida yoxud qadimgi Misrda jinoyatchilar qanday jazolangan?
9.09.2019 16:56,  
666

Qadimgi Misr jamiyati nimani jinoyat deb topish va qilmish uchun qanday jazo tayinlash masalasida diniy qoidalar va axloq nuqtai nazaridan yondashgan holatda jazo tayinlangan. Shu bilan birga misrliklar vafot etgan odamlarni ham sud qilishgan va aybdor deb topishgan. Ular nazarida bu “narigi dunyo sudi” sifatida talqin qilingan.

Asosiy rolni Maat – qonun va tartib, adolat va haqiqat ma’budasi o‘ynagan. Yurish-turish qoidalarini buzgan shaxslar go‘yoki fazoviy muvozanatni buzgan va butun davlat hamda millatdoshlarga ziyon keltirgan deb hisoblangan.

Fransuz misrshunosi Kler Laluyet o‘zining “Xudo podsho davridagi fir’avnlar” tadqiqotida yozishicha, u davrlarda Maat butun dunyo va jamoatchilikning farovonligi uchun zarur bo‘lgan koinot tartibining timsoli bo‘lgan.

Qadimgi Misrda jinoyatlar ikki toifaga bo‘lingan: jamiyatga qarshi jinoyatlar (xususiy mulkni o‘g‘irlash, zino, qotillik) va davlat va mamlakat tartibiga qarshi jinoyatlar (diniy ob’yektlarga qarshi nojo‘ya harakatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash, davlatga xiyonat, poraxo‘rlik).

Butun hokimiyat fir’avn qo‘lida to‘planib, u tartibning kafili bo‘lgan. Eng qadimgi mahkama jarayonlarida fir’avnning shaxsan o‘zi tergov mahkama jarayonida ishtirok etgan, keyinchalik sud institutlari paydo bo‘lgach, eng muhim ishlardagina qatnashadigan bo‘lgan.

Qotillik

Qadimgi Misrda inson hayoti xudolarning marhamati hisoblangan va kimda kim birovning hayotini tortib olsa, o‘limga mahkum qilingan. Sudlar o‘sha davrlardanoq inson qasddan yoki ehtiyotsizlik ortidan qotillik qilganining farqiga borishgan.

Misr qadimshunosligi vazirligi tadqiqotchisi va “Qadimgi Misrda jinoyat va jazo” asari muallifi Manal Mahmud Muhammadning yozishicha, qadimgi Misrda qotillik uchun doimo o‘lim jazosi ham berilavermagan. Ba’zida jazolash psixologik tusga ega bo‘lib, bu jazo turi o‘lim jazosidan ham qattiqroq jazo sanalgan. O‘z ota-onasidan birini o‘ldirgan farzand avval qiynoqlarga solingan, so‘ngra qatl etilgan. O‘z go‘daklarini o‘ldirgan ota-onalar yanada murakkabroq munosabat sub’yektiga aylangan. Bundan ota-onalar uch kun mobaynida jazirama issiqda go‘daklari tanasiga bog‘langan holatda tutib turilgan.

Misr fir’avnlari tarixi davri bo‘yicha mutaxassis Fransua Dyumaning aytishicha, ko‘p holatlarda qotillikka qo‘l urganlar timsohlarga yem qilingan. Lekin ba’zi qotillarning “omadi” kelib, ularga o‘z-o‘zini jismoniy yo‘q qilish – o‘ldirish imkoniyati berilgan.

Agarda qotillik qasddan amalga oshirilmagan bo‘lsa va bu isbotlansa, jazo mutlaqo boshqacha bo‘lgan.

Bunday holatda qotil toki uning gunohi bo‘yicha diniy marosimda poklanib uning qo‘lidan o‘lgan marhumning qabrida qurbonlik qilmagunicha, o‘z uyiga kira olmagan. Bundan tashqari, jinoyatchi va uning qurboni oilasi o‘rtasida yarashish hamda muayyan miqdordagi tovon puli to‘lash ham ko‘zda tutilgan.

Fir’avnlar zamonida qotillik haqidagi ma’lumotni yoki bunday ma’lumotni olish mumkin bo‘lgan ma’lumotni yashirganlik uchun ham jazo ko‘zda tutilgan. Xabar yetkazmaganlar jinoyatga sherik hisoblangan va jazolangan.

Qadimgi Misrda diniy ahamiyatga ega bo‘lgan jonivorlar – ibis (laylaklarga o‘xshash qush), mushuk va shu kabi jonivorlarni o‘ldirish ta’qiqlangan. Bunday jonivorlarni qasddan o‘ldirish o‘lim bilan, ehtiyotsizlik oqibatida o‘ldirish jarima bilan jazolangan.

Zino

Zino asosiy diniy qoidalarga qarshi jinoyat hisoblangan, ammo bu gunoh erkak va erli ayol o‘rtasidagi jinsiy munosabatlarga taalluqli bo‘lgan. Zino sodir etganlar o‘lim bilan jazolangan.

Qadimgi qonunlarda “Agar siz kim bilandir do‘stlashmoqchi bo‘lsangiz, uning uyiga kirganingizda ayollari tarafga yaqinlashmang va uyning ularga tegishli qismiga kirmang, ” deyilgan.

Fir’avnlar zamonida agar oilali erkak erli ayol bilan gunoh qilsa, keyinchalik boshqa jinoyatlarga ham qo‘l uradi, shuning uchun uni qatl qilish kerak deb hisoblangan.

Qadimgi Misr matnlarida xiyonat qilgan xotinni jazolash erning o‘z qo‘lida deb yozilgan.

Fir’avn Ramzes V davriga oid papirus qog‘ozlaridagi matnlardan birida quyidagi voqea tasvirlangan. Sud oldiga o‘zining xulqi bilan oilani sharmanda qilgan ayolni qattiq jazolayotgan oila a’zolari keltirilgan. Ayolni timsohlarga yem qilish uchun daryoga tashlash harakatidagi oila a’zolari surati tushirilgan.

Shuni ham aytish kerakki, ayollarga nisbatan xuddi shunday jinoyat qilgan erkaklarga beriladigan jazo yengilroq bo‘lgan. Shu bilan birga ayollarga sud jarayonida erkaklar bilan bir xil huquqlar berilgan.

Talonchilik va o‘g‘rilik

Mulkni o‘g‘irlaganlik uchun jazo o‘g‘irlangan buyumning qiymatidan 2-3 baravar qimmatroq jarima bo‘lgan. Davlat mulkini o‘g‘irlaganlar mulkning qiymatidan 180 marta qimmatroq bo‘lgan jarima to‘lashgan.

Qo‘lga tushgan o‘g‘ri qilgan o‘g‘irligini tan olishi va o‘g‘irlangan buyumni qaytarib berish majburiyatini bo‘yniga olgan va jinoyatchi 100 darra urilgan. Shundan so‘ng o‘g‘ri ikkinchi marta o‘g‘rilik sodir etmaslikka tantanali qasam ichishi kerak bo‘lgan. Agar jinoyatchi qasam ichishdan bo‘yin tovlasa, timsohlarga yem qilingan.

Bunday jazolarning barchasi omma oldida namoyish etilgan.

Poraxo‘rlik

Poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar qadimgi Misrda odatda sud tomonidan ko‘rib chiqilmagan. Odatda poraxo‘rlik bilan qo‘lga tushgan amaldorlar ishdan ajragan va ularning ijtimoiy maqomi dehqon darajasiga tushirilgan.

Ammo ayrim holatlarda sud mahkama jarayoni ham bo‘lib turgan. Topilgan qo‘lyozmalardan birida jazoga hukm qilinganning Amon xudosiga murojaati o‘z ifodasini topgan: “O, Amon xudosi, meni tingla. Sud mendan oltin va kumush talab qilyapti. Men qashshoq odamman. Biror narsa qilgin, o Amon.”

Poraxo‘rlik haqidagi ishlar sudgacha yetib borganda ayrimlar topqirlik qilishgan. Papiruslardan birida yozilishicha, aybdor sud mirzasiga pora bergan, mirza esa sud materiallarini jinoyatchiga topshirgan.

Ramzes IX davrida maqbarani talaganlikda ushlanib ayblanganlardan biri pora bergandan keyin qamoqdan ozod qilingani yozib qoldirilgan. “Qadimgi Misrda jinoyat va jazo” asarida papiruslardan birida keltirilgan quyidagi matn mavjud: “Meni qamab, hokim Tibining xonasida ushlab turishdi. Men ularga o‘z hissamdan 20 bo‘lak oltinni topshirdim.”

Davlatga xiyonat

Qadimgi Misrda fir’avn va davlatga qarshi jinoyatlar eng yomon jinoyatlar hisoblangan. Bunday holatlarda yagona jazo chorasi aybdor mavqeidan qat’i nazar o‘lim jazosi bo‘lgan. Hattoki fir’avn yaqinlari ham qatl qilingan.

Papiruslardan birida fir’avn Ramzes IIIga uyushtirilgan suiqasd haqidagi voqea keltiriladi. Voqeada Ramzes IIIning kenja xotini o‘z o‘g‘lini taxtga chiqarish maqsadida saroy ayonlari bilan til biriktirib fitna uyushtiradi. Fitnachilar fosh qilinib bari qatl etiladi, ba’zilari esa o‘z joniga qasd qiladi.

Maqbara va ibodatxonalarni talash

Maqbaralarni talash, ayniqsa, ularda yuqori martabali shaxslar orom topgan bo‘lsa, og‘ir jinoyat hisoblangan.

Maqbaralarda odatda qimmatbaho zargarlik buyumlari bo‘lgan. Hokimiyat zaiflashib qolganda ularni talab turish odat tusiga kirgan.

Ayniqsa Ramzes IIning omadi kelmagan. Kohinlar Ramzes IIni 5 marta dafn qilishga majbur bo‘lishgan. Talonchilar to‘rt marta uning shaxsiy maqbarasini, beshinchi marta uning ko‘chirilgan dahmasini talashgan. Nihoyat Ramzes IIning mo‘miyolangan tanasini Xerixor qoyalaridagi yashirin joyga ko‘chirishgan. Mazkur joyda Ramzes IIning qabri toki XIX asrda arab qabilalari tomonidan topilgunga qadar saqlangan va keyinchalik muzeyga yuborilgan.

Maqbarani talaganlik uchun o‘lim jazosi tayinlangan. Agarda marhumning tanasi topilmasa, jinoyatchining qo‘li kesilgan va 100 darra savalangan.

Qadimgi Misrda maqbaralarni talanishi jiddiy xavotirlarni yuzaga chiqargan va hukumat bir qator qonunlarni qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan.

Qonunlarga binoan, kimki ibodatxonadan hayvon o‘g‘irlab uni kimgadir bersa, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Agar o‘g‘ri hayvonni o‘zida qoldirsa, o‘g‘rining burni kesilgan.

Ibodatxonalarning boshqa buyumlarini o‘g‘irlash ham jazo tayinlanishiga olib kelgan. Odatda jinoyatchilar jarimaga tortilgan va 100 darra bilan savalangan. Jarima miqdori o‘g‘irlangan buyum miqdoridan 100 baravar ko‘p bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан