Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Butunjahon WiFi uchun yana 60 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga olib chiqiladi
16.02.2020 13:02,  
287

17 fevral, dushanba kuni butun dunyoning internet bilan ta’minlashga mo‘ljallangan Starlink loyihasi doirasida yana 60 ta mikrosun’iy yo‘ldoshlar to‘plami orbitaga olib chiqiladi.

Parvoz 16 fevralga belgilangan edi. Biroq uni olib chiquvchi Falcon 9 raketasidagi ikkinchi bosqichdagi klapanlarni qo‘shimcha tekshirish zarurati tug‘ilganligi uchun bir kunga kechiktirildi.

Starlink loyihasi o‘tgan yili may oyida boshlangan edi. O‘shandan beri 4 marotaba sun’iy yo‘ldoshlar to‘plami Yerdan tashqariga muvaffaqiyatli olib chiqildi. Hozirda SpaceX sun’iy yo‘ldoshlar guruhi 240 dona sun’iy yo‘ldoshdan iborat.

Ilon Maskning SpaceX shirkati umumiy hisobda 12 ming dona sun’iy yo‘ldosh orqali butun dunyoni internet bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 10 mlrd dollar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан