Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoro hokimi nega Toshkentda davolanayotganiga izoh berildi
1.08.2020 10:55,  
521

30 iyul, payshanba kuni joriy yilning 29 fevralidan beri Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan edi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov Toshkentdagi klinikada davolanish sababini ma’lum qildi.

"Keyingi kunlarda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning kasallikka chalinib, ayni paytda Toshkentdagi shifoxonada muolaja olayotganligi ijtimoiy tarmoqlarda turli munozalarga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, nega Karim Kamolov viloyatda emas, poytaxt shifoxonasida davolanyapti, bu holat viloyatdagi shifokor-mutaxassislarga ishonchsizlik emasmi, mazmunidagi savollar o‘rtaga tashlanmoqda", - deyiladi xabarda.

Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Narziyevning ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda joriy yilning 25 iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Shu kundan boshlab viloyat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida muolaja olishni boshlagan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi Tibbiyot Bosh boshqarmasi ro‘yxatida turib, zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida. Shunga muvofiq, ushbu Tibbiyot Bosh boshqarmasining talabiga ko‘ra Karim Kamolov 29 iyul kuni davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazildi.

Matbuot xizmati hozirda Karim Kamolovning sog‘lig‘i yaxshi ekanligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq koronavirusga chalingan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda aniq qanaqa kasal ekanligi aytilmagan Navoiy viloyat hokimi Kobul Tursunov ham Toshkentda davolanayotgani xabar qilingan edi.

Qoraqalpog‘iston rahbari va Surxondaryo viloyati hokimi koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Navoiy viloyati hokimi Toshkent shahrida davolanmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан